Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
XALQ DEPUTATLARI QIZIRIQ TUMANI KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO‘LIB O‘TDI.

XALQ DEPUTATLARI QIZIRIQ TUMANI KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO‘LIB O‘TDI.

Joriy yilning 9 yanvar kuni xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis

Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati Kengashlarining 2020 yil 30 oktyabrdagi № 528-IV/KQ-145-IV-sonli qo‘shma qarori ijrosi to‘g‘risida”gi masala bo‘yicha Qiziriq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Yarmatov Ilxom Chorievichning axboroti tinglandi hamda “Jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklarning profilaktikasi yuzasidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan muayyan ishlar haqida” tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Xo‘jamqulov G‘ayrat Chorievichning hisoboti tinglandi. Shu bilan bir qatorda “Qiziriq tumani mahalliy byudjetining kafolatlangan daromadlari va xarajatlari bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilgan hamda 2021 yilda rejalashtirilgan ishlari to‘g‘risida” tuman moliya bo‘limi mudiri Tilovmurodov Ixtiyor Safarovichning hisoboti tinglandi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining birinchi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman hokimligi guruh rahbari, sektor rahbarlari, tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining karantin tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda rasmiy kiyimda ishtiroki to‘liq ta’minlandi.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси