Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Kengash faoliyati / 2021-01-15

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.


Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi B.A.Bo‘taeva, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.B.Abduraimovlar ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador bo‘lim va muassasa rahbarlari qatnashdilar.Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimi I.E.Yusupovning axboroti, Qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan muayyan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori J.A.Raximovning axboroti tinglandi.Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi B.A.Bo‘taeva, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси