Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
tumanimiz mahallalarida olib borilayotgan ishlar
Tadbirlar / 2021-04-20

OBODLIK VA ORASTALIK DILLARGA XUSh KELADI.

Xalqimizning o‘ziga xos bo‘lgan milliy qadriyatlari, urf-odatlari bor. Har bir o‘zbek xonadoniga mehmon kelishi bilan, turli bayramlarimizni nishonlash oldidan ozodalik, obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Azaldan bahorning kirib kelishi tabiatning uyg‘onishi bilan uyg‘unlashib ketadi. Dalalardagi yashillik, atrofdagi yangi ekilayotgan gullar, daraxtlar, xonadonlardagi orastalik, ko‘chalardagi obodlik dillarga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi.

Bugun yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan umumxalq hashari doirasida Qiziriq tumanimizda ham amalga oshirilayotgan obodlik va orastalik dillarga zavq bag‘ishlamoqda. “Navro‘z” bayrami arafasida tumanimizdagi mahallalar, tashkilotlar, muassasalarda o‘tkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hasharida fuqarolarimiz faollik ko‘rsatmoqdalar. Shu munosabat bilan bugun Qiziriq tumanining barcha mahallalaridagi daraxtlar oqlanmoqda, manzarali va mevali daraxtlar, gullar ko‘chatlari ekilmoqda, ko‘chalar, uylarning atroflari tozalanib, ariqlar qazilmoqda.

Mahallalar hududida amalga oshirilayotgan hasharda tumanning barcha fuqarolari faol qatnashmoqdalar.

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси