Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Қизириқ туман ҳокими томонидан қилинган ишлар
Ҳокимият / 2021-09-15

2021-2022 o‘quv yilida mamlakatimizdagi maktablarning 1-sinfiga 2490 nafarga yaqin bolalar qadam qo‘ygan bo‘lib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Tumanda tayanch maktab sanalgan 36-maktabda "Bilimlar kuni" tadbirni tuman hokimi I.Yusupov ochib berdi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan qarorlar va farmonlar ijrosi natijasida maktablarda farzandlarning yetarli bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat ortayotganligi va ular tomonidan o‘quvchilarga berilayotgan chuqur bilim va ularning salohiyatida ko‘zga tashlanayotganligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng o‘quvchilarni “birinchi qo‘ng‘iroq” jarangi o‘z sinflariga chorladi. Bugungi birinchi darsni o‘quvchilar “Mustaqillik darsi”dan boshlashdi. Ushbu darsda bugungi farovon hayotimiz, Mustaqillik uchun kurashganlar, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan tadbirkoru o‘qituvchilar, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar haqida chuqur ma’lumot olishdi.

Рўйхатдан ўтиш
1 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси