Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
“Tashabbusli budjet” ijrosi nazoratda
E‘lonlar / 2022-04-27

“Tashabbusli budjet” ijrosi nazoratda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi    “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda sohaga doir boshqa qonun hujjatlari yuzasidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprel oyida Surxondaryo viloyati Halq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining 2022 yil 9 aprel kunidagi VI-48-63-113/22-sonli qarori bilan 7 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga Halq deputatlari tuman Kengashining qaroriga asosan 2022 yil 1 yarim yillik  Tuman  budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga uchun tuman budjetlarining tasdiqlangan yillik umumiy xarajatlarining 5 foizi mablag‘larining yarmi, yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi va 2021 yil tashabbusli budjet mablag‘lari qoldiq mablag‘lari hisobidan jami 4 009 150 so‘m mablag‘ rejalashtirildi.

Joriy yil “Ochiq budjet” axborot portalining birinchi bosqichi            01.02.2022 yildan 22.02.2022 yilgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilib 332 ta fuqarolar tomonidan takliflar kelib tushdi.

Ikkinchi bosqich tadbirlari 23.02.2022 yildan 04.03.2022 yilgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilib kelib tushgan takliflarning 222 tasi moderatsiya jarayoniga o‘tkazildi va 111 ta takliflar Nizomda ko‘rsatilgan mezonlarga to‘g‘ri kelmaganligi, ba’zi takliflar fuqarolar tomonidan bir necha maratoba kiritilganligi sababli takliflar rad qilindi.

Uchinchi bosqich takliflarga ovoz berish jarayoni 05.03.2022 yildan 02.04.2022 yilgacha bo‘lgan davrda o‘tkazildi.Ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra, tuman bo‘yicha eng ko‘p ovoz yiqqan 7 ta takliflarni openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali g‘olib deb topildi.

- Taklifning ID- 1150400155 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 5641 ta ovoz to‘plagan Qiziriq tuman  Yangi hayot mahallasidagi 14-umum ta’limi maktabi hududida Sport kompleksini qurishga 990,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 1150400051 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 4750 ta ovoz to‘plagan Qiziriq tumani Karmaki mahallasidagi 27-umum ta’lim maktabini o‘quvxonalari beton pol qimini yogoch bilan pollash, bino tom qismini ta’mirlash va maktab hovlisini temir panjara bilan o‘rash hamda maktabga kirish qismi va binolar oraliq yulakcha siment beton yotqizishga 680,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 1150400005 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 4287 ta ovoz to‘plagan Qiziriq tuman Kunchiqish mahallaisi Al-Xorazmiy ko‘chasiga asfalt yotqizishga 980,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 1150400173 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 3363 ta ovoz to‘plagan Qiziriq tuman Istara mahallasidagi 12-umum ta’lim maktab hududida suniy qoplamali (mini) stadion  qurishga 350,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 1150400050 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 2893 ta ovoz to‘plagan Qiziriq tumani Yakka terak mahallasidagi  10-umum ta’lim maktabini temir panjara bilan o‘rashga        280,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 1150400198 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 2458 ta ovoz to‘plagan Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman Takiya mahallasidagi 32-umum ta’lim maktab hovlisini beton qoplama  qilish, maktab atrofini o‘rash va sinfxonalarga lenonium to‘shashga       420,0 mln so‘m;

- Taklifning ID- 1150400147 raqami bo‘yicha fuqarolar tomonidan 2282 ta ovoz to‘plagan Qiziriq tuman Xomkon mahallasidagi 15-umum ta’lim  maktabini joriy ta’mirlashga  360,0 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.

Hozirda taklif g‘oliblari tuman xokimligi tomonidan Manzilli dastur tasdiqlanib, har bir taklif loyiha uchun hisob raqamlar ochilib, ajratilgan mablag‘lar o‘tkazib berilgan va ijrosi yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish va tegishli ekspertizadan o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, jarayonlar Qiziriq tuman prokuraturasi, Qiziriq tuman moliya bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tomonidan alohida nazoratga olingan.

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси