Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash hamda “O‘zbekiston-2030 strategiyasi”da xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi
E‘lonlar / 2025-04-24

Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash hamda “O‘zbekiston-2030 strategiyasi”da xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi

O‘zbekiston Respublikasning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 592-moddasida, Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sodir qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Ushbu moddaning birinchi qismiga ko‘ra, ko‘ra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Zo‘ravonlik tushunchasini mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, ayollarga nisbatan ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy dahlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilgan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi.
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlar jumlasiga Vazirlar Mahkamasi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Ichki ishlar organlari, Mehnat organlari, Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, Davlat sog‘liqni saqlash tizimni boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarni o‘zi-o‘zi boshqarish organlari, Nodavlat totijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari kiradi.
Ayollarni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish maqsadida, jabrlanuvchiga ichki ishlar organi tomonidan himoya orderi rasmiylapshtirib beriladi.
Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi. Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order berilgan kundan boshlab, kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston-2030 strategiyasi”da ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularni huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash uchun 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish belgilangan.
Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.
Ayollar daftari bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish kabi vazifalar belgilab olingan.


Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qiziriq tuman sudining tergov sudyasi А.Б.Хакимов

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси