туман ҳокими томонидан қилинган ишлар
“Ayollar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi I.Yusupov hamda tuman deputatlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda ishtirok etganlar “Ayollar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Muloqot chog‘ida “Ayollar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish, tumanda ishsiz ayollar turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.