Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reablitatsiya qilish
2021 yil 5 noyabr kuni Qiziriq tumanida 12-sonli musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 6-oktabrdagi "Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi 625-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha "Inson xayoti bebaho ne’mat" "O‘z joniga qasd qilishning oldini olish" mavzularida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman targ‘ibot guruhi rahbari, tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxasis, tuman bosh imomi, otinoyi, tuman reablitatsiya markaz direktori, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshlig‘i, tuman ma’naviyat markazi boshlig‘i va MFY targ‘ibot guruh rahbarlari ishtirok etishdi.