2023- yilda yurtimizda Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish natijalari
nima beradi.
Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.
“Tashabbusli budjet” ijrosi nazoratda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda sohaga doir boshqa qonun hujjatlari yuzasidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2022 yil aprel oyida Surxondaryo viloyati Halq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining 2022 yil 9 aprel kunidagi VI-48-63-113/22-sonli qarori bilan 7 ta loyiha g‘olib deb topildi.
2023- yilda yurtimizda Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, 2-3 yilga yaqin vaqt davom etadi.
Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
2023- yilda yurtimizda Aholini ro‘yxatga olish: uning mohiyati nimada.
Tasavvur qiling, qo‘lingizda O‘zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi ma’lumotlarni aytish mumkin. Masalan, Surxandaryoda qancha aholi yashaydi, Surxandaryoda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda nechta ta’lim muassasasi bor, Surxandaryoda aholi zichligi qanday va shunga o‘xshash boshqa muhim ma’lumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy ko‘rsatkichlar bilan bugungi jadal rivojlanish va islohotlar davrida uzoqni ko‘zlab nimanidir reja qilish qiyin, albatta.
Aksincha, qo‘limizda har bir hududga doir aniq faktlar bo‘lsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta bo‘ladi. Aynan shuning uchun bizga butun respublikani qamrab oladigan ishonchli ma’lumotlar kerak va ular tadrijiy ravishda yangilanib borilishi shart. Bunday aniq va yaxlit ma’lumotlar esa aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. Shunga qarab o‘tmish va bugun haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni farazlash mumkin. Shuningdek, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, oilaviy holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumot olishning yagona manbai hamdir.
2023- yilda yurtimizda Aholini ro‘yxatga olish qaysi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Chet el davlatlari tajribasidan ma’lumki, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.
© Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati veb-saytlari 2025