Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Кенгаш фаолияти

XALQ DEPUTATLARI QIZIRIQ TUMANI KENGASHIDA DOIMIY KOMISSILARNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHILARI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun Oliy Majlis Senati a’zosi B.Bo‘tayeva boshchiligida xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Yarmatovning “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur tadbirlarga yo‘naltirish to`g`risida hisoboti hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.R.Umbarovaning “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va tumanda 2021 yil 8 oy davomida sodir etilgan Ayollar jinoyati to‘g‘risida hisobotlari tinglandi. Komissiyalar yig‘ilishida kun tartibiga oid masalalar yuzasidan e’tiroz va takliflar bildirildi hamda sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar asosida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi hamda kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси