NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TMOQDA
Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.
Ayni vaqtda Qiziriq tumani hokimligining katta majlislar zalida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tmoqda. Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida tuman hokimi o‘rinbosarlari, apparat xodimlari, aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, siyosiy ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2024