Tumanning birinchi sektori hududiga qarashli “Takiya” mahallasida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Qorasuv”, “Gulobod”, “Zarobod” mahallalari va birinchi sektor hududida joylashgan barcha mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv avvalida, tuman hokimi Rustam Pardayev yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va unda yoshlar ishtiroki xususida atroflicha so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, tuman rahbari yoshlarning murojaatlari va fikrlarini tingladi.
Bugun bo‘lib o‘tgan qabulda yoshlar ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit olish masalalari bilan sektor rahbariga murojaat qilishdi. Murojaatlardagi masalalar yuzasidan tashkilot va mas’ul idora xodimlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2024