Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.
Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.
Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e’tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tumanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilyotgan insonlari tuman hokimi I.Yusupov taqdirlab ularga o‘z tabriklarini bildirdi.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2024