“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA QIZIRIQ TUMANI DAHAM ISHLAR OLIB BORILMOQDA.
Bugungi kunda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lgani kabi Qiziriq tumani daham “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish aksiyasi bugun yerta tongdan boshlab yuborildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari bilan birgalikda “Yangikent” mahallasida daraxt ekishda o‘z hissalarini qo‘shdi.
Shu munosabat bilan joriy yilning noyabr oyida hamda kelgusi yil bahor mavsumida tut, pavloniya mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi boshqa ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Shuningdek yil yakuniga qadar tumanimiz markazida va mahallalarda mevali, manzarali daraxtlar buta ko‘chatlari ekish vazif qo'yilgan
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2024