Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi.
E‘lonlar / 2024-07-09

Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi.

 

Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqiyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum.

Korrupsiya va poraxo‘rlik butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib, davlatni ich-ichidan yemiradi. Bu illat sababli ko‘plab davlatlar inqirozga yuz tutgan.

            Tarixdan bilamizki, turli sivilizatsiyalar va davlatlarning  inqirozga yuz tutishining eng asosiy sabablaridan biri sifatida, turli darajadagi davlat arboblari va xizmatchilarining tamagirlik qilishi, o‘z manfaatini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yishini ko‘rsatish mumkin. Chunki bu holatda davlat xizmatchisi tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga foyda keltiradigan emas, o‘zining yoki tanishlarining manfaatiga xizmat qiladigan qaror qabul qilinadi. Qorrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda rivojlanish bo‘lmaydi. Chunki, korrupsiya o‘z tabiatiga ko‘ra, har qanday islohotning ildiziga bolta uradi.

Shu sababli, aksariyat taraqqiy etgan dunyo davlatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy vazifa etib belgilangan.

Mamlakatimizda ham mustaqillik yillarida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida qator chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, samarali amalga oshirilib kelinmoqda.

            Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun ham korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli.

Shu boisdan ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘z vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunida korrupsiyaga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Xalq tilida soddagina qilib -poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo‘ladi. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning  qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Korrupsiya jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodni rivojlanishini eng katta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun barcha sohalarda  korrupsiyaga qarshi kurashish uning keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va oldini olish juda dolzarb bo‘lib qoldi. Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurash samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va halqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatgich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan.  Afsuski jamiyatimizda korrupsiyani butunlay tugatish imkoniyati bo‘lmayapti. Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari sifatida tadqiqotchilar asosan to‘rtta omilni ko‘rsatib o‘tadilar.

Birinchisi -iqtisodiy sabablar.   Korrupsiyaning bu  ko‘rinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan har xil cheklashlar  amaldorlarning keng, nazoratda xoli, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo ta’qiqlash vakolati  poraxo‘rlikka zamin yaratadi. Shu bilan  bog‘liq bo‘lgan holda, yirik mablag‘larga ega bo‘lgan ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va raqobatida alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun  hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar.

Ikkinchisi -huquqiy sabablar. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqdir. Mukammal bo‘lmagan qonunlar  ishlamaydi va poraxo‘rlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.

Uchinchisi institutsial sabablar.  Ularga avvalo davlat boshqaruv tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan xoliligi kiradi.

To‘rtinchisi– ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi pastligi  kabi omillardir.

Respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOSning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyusiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning ratifikatsiya qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda.

Inson borki, nafs bor, inson borki, xatoga yo‘l qo‘yadi. Nafs, manfaat tufayli insonlar nohaqdan nohaq amaldorlarning adolatsiz hukmlari jabrini chekadi.

Korrupsiya jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muammolar natijasida turli ko‘rinish va shakllarda namoyon bo‘ladi. Davlat mansabidan foydalanib, noqonuniy mukofot-hadyalar (aniqrog‘i pora) olishga ruju qo‘yish ko‘pincha islohotlar davrida yuz bergan.                 

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bir mamlakatdagi korrupsiya boshqa mamlakatlar rivojiga ham salbiy ta’sir etishi ravshanlashdi. Korporatsiyalar tomonidan xorijdagi oliy mansabdorlarni sotib olish ommaviy tus oldi. O‘ta darajada korrupsiyalashgan davlatlar uchinchi dunyo bilan cheklanmay qoldi,

90-yillarda sobiq sotsialistik respublikalarda yuz bergan liberallashuv jarayonlari tufayli mansabdorlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi yanada kuchaydi. Ushbu illatning oldini olish uchun BMT 9 dekabrni “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” deb belgiladi. 

Statistikaning guvohlik berishicha, poraxo‘rlik ayni paytga kelib nihoyatda tahdidli ko‘lamga keldi. U ayniqsa, iqtisodiy jinoyatlar orasida yetakchi o‘rin tutadi. Bu illat oqibatida ishlab chiqarish uchun ajratilayotgan investitsiyalar miqdori kamayib, iqtisodiy o‘sish to‘xtaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda korrupsiyaning ta’siri sababli berilayotgan xalqaro yordamlardan maqsadsiz foydalanish, ijtimoiy tengsizlikning o‘sishi kuzatiladi. U aksar hollarda uyushgan jinoyatchilikning kuchayishiga, turli jinoiy to‘dalarning mafiyaga aylanishiga va oxir-oqibatda jamiyatda ijtimoiy axloqning pasayishiga olib keladi. 

Uning eng xavfli ko‘rinishlari asosan jinoiy xatti-harakatlar hisoblanadi. Bunga eng avvalo, kamomad(o‘g‘irlik)ga yo‘l qo‘yish va poraxo‘rlik kiradi. Vakolatli mansabdor shaxsga ishonib topshirilgan resurslar va boyliklarni o‘z shaxsiy manfaati uchun sarflashi kamomad deyiladi. U oddiy o‘g‘irlikdan farq qilib, shaxs boshliqdan yoki mijozdan pul yoki mol-mulkni tasarruf etish uchun qonuniy ruxsat olgan bo‘ladi. 

Poraxo‘rlik – boshqaruv organlari faoliyati tartibiga qarshi
qaratilgan uch mustaqil mansab jinoyatlari – pora olish, pora berish
va pora olish berishda vositachilik qilishni o‘z ichiga qamrab oladigan atama. Sanab o‘tilgan har bir tajovuzlar JKning 210-212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sodir etilish mumkin emas.

 Ular bir-biri bilan shu darajada bog‘liq bo‘ladiki, pora olish faktining mavjud emasligi pora berish faktini ham istisno etadi.

Mazkur jinoyatning yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligi
shu bilan izohlanadiki, pora olish mansabdor shaxslar tomonidan
o‘zlarining mansab vakolatlarini ijro etishning o‘rnatilgan tartibini keskin o‘zgartiradi va bu bilan davlat xizmati manfaatlarini qo‘pol buzadi. Pora korrrupsiya – hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘sini tushiradigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga dahl qiladigan xavfli jinoiy hodisaning nisbatan ko‘p tarqalgan va o‘ziga xos hodisasi bo‘lib hisoblanadi.

Qonun ushbu jinoyat predmetini davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot  yoki fuqarolaorning o‘zini o‘zi bshqarish organi mansabdor sho‘axsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda soir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olish yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lish tushuniladigan ―pora atamasi bilan belgilaydi.

Har qanday moddiy qiymatlar: pul, xorijiy valyuta, qimmatbaho buyumlar, qimmatbaho qog‘ozlar, oziq-ovqat yoki sanoat mahsulotlari va boshqalar pora predmeti bo‘lishi mumkin. Pora predmetiga, shuningdek, pora beruvchi tomonidan tekinga yoki past narxlarda amalga oshiriladigan mulkiy xarakterdagi turli xildagi xizmatlar ham tushuniladi.

Jinoyatni tahlil qilish vaqtida pora oluvchining porani pora
beruvchining manfaatlari uchun muayyan harakatlarni sodir etish yoki
sodir etmaganligi uchun olganligini inobatga olish lozim. Masalan,
qamoqdan ozod qilish, lavozimi, unvonini ko‘tarish va boshqalar.
Shundan kelib chiqib, pora beruvchi bilan ―iliq munosabatlar o‘rnatish va kelgusida ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida
pora olish bilan bog‘liq qilmish pora olish deb malakalanmasligi
lozim. Chunki bunday hollarda mansabdor shaxs tomonidan boshqa
shaxs foydasiga muayyan harakatlar sodir etilmasligi sababli jinoyat ob’ekti mavjud bo‘lmaydi, ya’ni hech qanday ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilmaydi. Bunday hollarda mansabdor shaxsning
harkatlari mayyan shartlar bo‘lgan taqdirda, mansab vakolatlarini
suiiste’mol qilish deb malakalanishi mumkin.

Mansabdor shaxs tomonidan o‘z bo‘ysunuvidagi shaxslardan ularning manfaatlari yo‘li biror harakat qilish uchun pul vositalari
yoki boshqa qimmatlikalarning olinishi pora olish sifatida baholanadi.

Pora berish jinoyatining ob’ekti va predmeti – pora berish – pora olish jinoyati tarkibi alomatlari bilan mos keladi. Pora berish jinoyati ob’ektiv tomondan mansabdor shaxsga bevosita yoki vositachilik orqali pora berishda ifodalanadi. Pora berish, mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilishi lozim yoki mulki bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatini ko‘zlab bajarishi yoki mulkiy manfaatdor etishda ifodalanadi.

Shaxs o‘zi o‘g‘irlagan mulkni pora tariqasida bersa, uning harakatlari pora berish yoki o‘g‘irlik bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat pora oluvchiga poraning hech bo‘lmaganda bir qismi berilgan paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi. (Agar pora berish bir necha harakatlarda sodir etilsa). Konvertga solingan pulni mansabdor shaxsning stoli yoki kabinetidagi boshqa joyga qo‘yish, agar bu pul olinmagan bo‘lsa pora berishga suiqasdni tashkil etadi. Shuning uchun, jinoyat poraning hech bo‘lmaganda bir qismi berilgan hamda mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lsa, tugallangan hisoblanadi, aks holda pora berishga harakat qilgan shaxsning harakatlari pora berishga suiqasd sifatida baholanadi.

Pora berishga suiqasd uchun pora beruvchi va "yolg‘on vositachi"
javobgarlikka tortiladi. "Yolg‘on vositachi", ya’ni porani mansabdor
shaxsga beraman deb aldash yo‘li bilan uni o‘zlashtirgan shaxs firibgarlik uchun javobgarlikka tortiladi. Pora bergan shaxsning harakatlari pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatida "Vositachilik" so‘zi tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish, aloqa o‘rnatishga ko‘maklashish ma’nosida ishlatiladi. O‘z-o‘zidan vositachi bu tomonlar o‘rtasidagi vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan shaxsdir.

Pora oluvchi va beruvchidan farqli ravishda, vositachi moddiy
qimmatliklar va boshqalar evaziga o‘z manfaatlari yo‘lida mansabdor
shaxs bilan bir harakatni bajarishi yoki bajarmasligiga harakat
qilmaydi balki faqatgina pora oluvchi ko‘rsatmasi bilan pora predmetini bevosita beradi. Bunda vositachi harkatlarini 212-modda bilan kvalifikatsiya qilishda, vositachilik uchun pora beruvchi yoki
oluvchidan rag‘batlantirish olgan yoki olmaganining ahamiyati yo‘q.
Shu bilan birga, pora olish-berishni tashkil etuvchi shaxs, dalolatchilik yoki yordamchilik qilib bir vaqtning o‘zida vositachilik qilsa,
pora-bergan yoki olganlikda ishtirokchilik qilgani uchun javobgarlikka tortiladi. Bunday ishtirokchi harakatlarini kvalifikatsiya
qilish masalasi uchun maqsadi kimning tashabbusi bilan kimning
manfaatini ko‘zlab, kim tomonidan (pora oluvchimi yo beruvchimi)
harakat qilishini nazarda tutib hal etiladi.

Xulosa qilib aytganda, har qanday jinoyat davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, taraqqiyoti uchun xavflidir. Unga qarshi yoshu qari ma’rifat bilan kurashsagina jinoyatning ildizini quritishga erisha olamiz.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining arxivariusi T.Tilovova

 


Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси