Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
KORRUPSIYA VA UNING OQIBATLARI
E‘lonlar / 2025-03-20

KORRUPSIYA VA UNING OQIBATLARI

 

Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan barcha tuman bo‘limlarida Prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida “Korrupsiya va uning oqibatlari” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv huquqni muxofaza qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari hamda Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Sultanov boshchilgida o‘tkazildi. Uchrashuvda shahar Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi hamda tuman bo‘lim boshliqlari va barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni boshqarma boshlig‘i A.Sultanov ochib, hamkorlik qilib taklif etilgan huquqni muxofaza qiluvchi organlarning mas’ul vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularga Muhtaram yurtboshimiz tomonidan Pensiya ta’minoti sohasiga berilayotgan e’tibor, yaratilgan qulay shart sharoitlar haqida qisqacha to‘xtaldi.

Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Pensiya jamg‘armasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, bu illatga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda keng jamoatchilik rolini kuchaytirishdan iboratdir.

Barchamizga ma’lumki, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va doimiy tarzda tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Uchrashuvga tashrif buyurgan huquqni muxofaza qiluvchi organlarning mas’ul vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi “Pora olish”, 211-moddasi “Pora berish” va 212-moddalari “Pora olish-berishda vositachilik qilish” moddalarida aynan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarliklar ko‘zda tutilganligi yana bir bor yetkazildi.

Demokratik islohotlar rivojlanib borayotgan bir paytda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi hokimiyatning obro‘sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab bo‘ladi. Korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tanazzuliga olib keladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, korrupsiya jinoyati har qanday jinoyat kabi davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, ayniqsa taraqqiyoti uchun xavfli illat hisoblanadi. Unga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilik bilan hamkorlikda kurashsakkina bu illatning ildizini quritishga erisha olamiz.

 

Jinoyat ishlari bshyicha Qiziriq tuman sudi raisi

O.Hayitov

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси