Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
O‘zbekiston Respublikasi JKning 46-moddasida nazarda tutilgan ahloq tuzatish ishlari jazosi hamda O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasida nazarda tutilgan  bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash  haqida
E‘lonlar / 2025-03-12

O‘zbekiston Respublikasi JKning 46-moddasida nazarda tutilgan ahloq tuzatish ishlari jazosi hamda O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasida nazarda tutilgan  bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash  haqida

 

O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidan iboratdir.

    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi respublikamizning jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tashkil etuvchi barcha jinoiy-huquqiy meyorlarning asosiy va yagona shakli hisoblanadi. Jinoiy-huquqiy meyorlar bilan bog‘liq yangi qonun hujjatlari qabul qilingan taqdirda ular mustaqil ravishda qo‘llanilmasdan, majburiy tartibda Jinoyat Kodeksiga kiritilishi talab etiladi.

   O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi o‘zining ichki uzviy birligi va bir-biriga o‘zaro bog‘liq jinoiy-huquqiy meyorlarning mustahkam tizimga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi jinoyat huquqi prinsiplarini, jinoiy javobgarlik asoslari va shartlarini, jinoyat deb e’tirof etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlarni, bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining turi va chegarasini belgilab beruvchi qonun hujjatidir.

  Jinoyat Kodeksiga jinoiy-huquqiy meyorlarni mustahkamlashning asosiy va yagona shakli maqomining berilishi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yagonalashtirish hamda mustahkamlashga, huquqni muhofaza etuvchi idoralari xodimlari uchun meyoriy materiallardan foydalanishni osonlashtirish va aholining huquqiy xabardorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu jarayon qonunchilik texnikasini takomillashtirish barobarida qonun chiqaruvchi organ tomonidan jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan shakllantirib Jinoyat Kodeksining tarkibiy qismiga singdirib yuborishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

  1. a) jarima;
  2. b) muayyan huquqdan mahrum qilish;

b1) muayyan huquqdan mahrum qilish;

  1. v) ahloq tuzatish ishlari;
  2. g) xizmat bo‘yicha cheklash;

d1) ozodlikni cheklash;

  1. ye) intizomiy qismga jo‘natish;
  2. j) ozodlikdan mahrum qilish;
  3. z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish

    Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan xolda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.

 Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.

 Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, yosh bolasini boqish uchun ta’tilda bo‘lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tishdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

    O‘zbekiston respublikasi JKning 46-moddasi  to‘rtinchi qismi mahkumning jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlagan hollarda ahloq tuzatish ishlari jazosini almashtirish lozimligi ko‘rsatilgan. Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan qismini shu muddatdagi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazosi bilan almashtiradi. Shunday qilib, ahloq tuzatish ishlari jazoning bir turi-ozodlikdan mahkum qilish bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Boshqa jazo turlariga almashtirish jinoyat qonunida nazarda tutilmagan. Shuni nazarda tutish kerakki, axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganda uning bir qismini almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni u to‘liq miqdorda almashtirilishi lozim.

   Ahloq tuzatish ishlari jazosini ozodlikdan mahkum qilish jazosiga almashtirish, mahkum ahloq tuzatish davomida uning bo‘yin tovlagan vaqtining umumiy miqdori jazo tayinlangan jami muddatining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etgandagina amalga oshirilishi mumkin. 

    Ahloq tuzatish ishlari jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish ichki ishlar organlari tomonidan kiritilgan taqdimnoma yoki jamoat birlashmasining iltimosiga asosan JPKning 539-moddasida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

   JKning 60-moddasiga asosan Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddatini to‘la yoki qisman ko‘shadi.

   Agar bir jinoyati uchun hukm chiqarilganidan keyin shaxs jazoni o‘tash muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, mahkumga bir necha hukmlar yuzasidan yoki hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanadi.

  Sud uzil-kesil jazo turi va miqdorini, yangi hukm bo‘yicha ilgarigi hukm yuzasidan o‘tolmay qolgan jazo muddatiga to‘liq yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan qat’iy jazo tayinlaydi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining sudya yordamchisi

X.Abdusalomova

 

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси