Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
ХALQ DEPUTATLARI QIZIRIQ TUMANI KENGAShINING QARORI
Ochiq ma'limotlar / 2023-10-13

2023-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash haqida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida”gi KQ-334-VI-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi qaror qiladi:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil
    18-apreldagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida”gi KQ-334-VI-sonli qaroriga asosan Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan har chorak yakunida hisobot berib borilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Tilovmurodovning tuman hokimligi tomonidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga mablag‘larni yo‘naltirish hamda ushbu mablag‘larni boshqa maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha hisoboti ma’qullansin.
  3. Tuman hokimligi hamda tuman Kengashi tuman mahalliy budjetining
    2023-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari va choraklar yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan kamida 30 foizini “Tashabbusli budjet” jamg‘armasiga o‘tkazib borilishini ta’minlasin.
  4. 2023-yil 3-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ya’ni tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1-ilovaga;

2023-yil 3-chorakda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar bilan shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga qayta tiklash miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (I.Tilovmurodov) hamda tuman g‘aznachilik bo‘linmasi (G‘.Saidov)lar shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga belgilangan tartibda qayta tiklash va tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha hisobotlarni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
  2. Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Bo‘riev)ga qarorning 1, 2-ilovalariga muvofiq shakllarda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini hamda ushbu mablag‘lardan maqsadli va samarali ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman hokimligi rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 5 sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
  3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Y.Umbarov), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Panjiev zimmasiga yuklatilsin.
  4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси