Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
KITOBXONLIK SAYLI.

Bugun Qiziriq tuman hokimligi tashabbusi bilan yoshlar uchun ma’daniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda tumandagi barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilari va 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar  ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan ushbu tadbirda kitobxonlik, "Zakovat" intellektual o‘yini, gullar va qushlar jonli ko‘rgazmali chiqishlari va qo‘l mehnati bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rgazmasi namoyishlari o‘tkazildi. Tadbirda kitobsevar yoshlarimiz uchun kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada respublika, chet el adabiyoti buyuk namoyondalarining hamda vohadosh ijodkorlarimizning mashhur asarlari o‘rin egalladi.

Tadbirda faol ishtirok etgan maktab jamoalari tuman hokimligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Barcha maktab jamoalariga va kam ta’minlangan oila farzandlariga tuman hokimligi tomonidan jami mingdan ziyod  kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси