Qiziriq tuman hokimi R.Pardayev boshchiligida navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi. Ushbu qabulda tumandagi “Gulzor”, “Mustaqillik” mahallasi fuqarolari muammolarini o‘rganish, ularning turmush tarzini yaxshilash maqsadida tuman hokimi R.Pardayev tuman aholisi bilan yuzma-yuz uchrashdi. Uchrashuvda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tegishli soha mutaxassislari tomonidan o‘rganib ko‘rilib, hal etildi.
Hal etilishi muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan ma’sullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2025