Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
QIZIRIQ TUMAN HOKIMI  BOZOR VA ShIFOXONADAGI HOLATLARNI O‘RGANDI

 

Qiziriq tuman hokimi Sherzod Rajabovning tashrif buyurgan birinchi manzili tuman markaziy dehqon bozori bo‘ldi. Tuman rahbari bu yerda xaridorlar va sotuvchilar bilan suhbatlashib, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi hamda bozor rastalaridagi narxlar bilan qiziqdi.

O‘rganish davomida bozor hududida betonlash ishlari amalga oshirilmaganligi, yetarli shart-sharoitlar yaratilmaganligi, bozorda obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratilmaganligi sababli antisanitariya holatlari yuzaga kelganligini tanqid qildi.

Hududda obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, bozor ichki qismini zamonaviy holga keltirish, bozor qismidan aholiga qulay bo‘lgan joylarda bankomatlar o‘rnatish, tuman aholisiga ko‘plab qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Sh.Rajabov, Tibbiyot birlashmasida ham bo‘lib, tibbiyot muassasasidagi mavjud holatni o‘rgandi. Bemorlar bilan suhbatlashib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan qiziqdi.

Tibbiyot birlashmasi binosining ta’mirtalabligi  bo‘yicha mas’ullarga zarur shart-sharoit yaratish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berdi.

Tibbiyot birlashmasining 2021 yilda qurilishi boshlangan qo‘shimcha binosi hozirga qadar foydalanishga topshirilmaganligi va qisqa muddat ichida topshirish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi mahalliy aholi o‘rtasida “Jahon bozori” nomi bilan ataluvchi “Istara” dehqon bozorining yangi qurilayotgan savdo hududidagi loyihalar bilan tanishdi. Bozorni sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulayliklarga ega savdo kompleksiga aylantirish, do‘konlar va ochiq maydonlardagi yozgi rastalarni, savdo pavilonlarini qurilish talablariga mos ravishda joylashtirish, shaharsozlik normalariga rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tumandagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan suhbatlashdi va ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflari bilan tanishib, ularga qisqa muddat ichida ijobiy yechim topish uchun rejalar tuzib olindi.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси