Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
FIRIBGARGA ALDANMANG!

FIRIBGARGA ALDANMANG!

Hozirgi kunga kelib birovning haqidan qo‘rqmaydigan odamlarning ko‘payayotganligi achinarli holdir. Ayniqsa, odamni aldab, ishonchini suiiste’mol qilish ham katta gunoh birga jinoyat hamdir.

Fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritishga vakolati bo‘lmasa-da, ushbu noqonuniy ishga qo‘l urayotganlar soni kundan kunga oshmoqda.

Aslida firibgarlik to‘riga ilinish qanday sodir bo‘ladi? Shu hakda to‘xtalsak.

Muammosi bor inson ko‘chada yoki transportda shu hakda gap ochib qoladi. Yonidagi kishi esa unga rost yoki yolg‘ondan hamdard bo‘lib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsata boshlaydi. Tashvi-shini aritishga yordam bermoqchi bo‘lib, buni hal qiladigan tanishlari borligini gapiradi. Muammosi bitayotganidan xursand bo‘lgan kishi hojatbarorning og‘zini poylaydi va o‘zini firibgarning tuzog‘iga tutib beradi.

M.E ham notanish taksi mashinasida ketayotib, gap orasida yonidagilarga milliy universitetga kirmoqchi ekanligini aytadi. Shu mashinada ketayotgan yigit qishlog‘ida o‘qishga kirganlar borligini, ulardan so‘rab-surishtirishi mumkinligini aytib, qizning telefon nomerini oladi.

Ertasiga o‘sha yigit telefon qilib, bir tanish topganligini, uchrashib, gaplashib olishni taklif etadi. M.E firibgar F.Shning tuzog‘iga ana shunday holatda tushib qoladi.

Keyin F.Sh qizga "bir yil bormasa ham bo‘laveradi, baholar qo‘yilaveradi" kabi va’dalar bilan ishonchiga kirib olishga harakat qiladi.

Xizmat haqini o‘n ming AQSh dollariga oshirgan firibgarning ishi kelishmay, qizni O‘zbekiston Milliy universitetining iqtisodiyot fakultetiga yetti ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib yubordi.

Ammo pulni qo‘liga ushlashga ulgurmayoq “o‘zi qazigan chohga quladi". Firib to‘ri uni sudning qora kursisi tomon yetakladi. Jinoyatiga yarasha jazosini olgan "hojatbaror" endi birovning haqini o‘marayotganda o‘ylab ish ko‘rsa o‘ziga yaxshi bo‘lardi.

Zero, “ko‘r ham hassasini bir marta yo‘qotadi”.

 

 

Surxondaryo viloyat sudining

sudya katta yordamchisi                                       A.Sa’dulloev

 


Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси