Viloyat hokimining topshiriqlari Qiziriq tumanida amalda:
Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularni munosib ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish birinchi galdagi ustuvor vazifalardan biridir.
- Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, kasb-hunarli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, bandligi ta’minlanmagan yoshlarimizni bandligini ta’minlash, ular uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Qiziriq tuman hokimi Sh.Rajabov va tumanda tashkil etilgan “Surxon kotton tekstil klaster” MChJ XK rahbari M.Maqsudov bilan birgalikda tumandagi 1-son kasb-hunar maktabidagi 188 nafar yoshlarni kasb-hunar maktabni tamomlagach ularni ish bilan ta’minlash masalasida mazkur maktabga tashrif buyurib ular bilan suxbatlashdi. “Surxon kotton tekstil klaster” MChJ XK kasb-hunar maktabi bilan shartnomalar imzolandi.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2025