Hokimlik soatida muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun Qiziriq tuman hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi. Unda tuman sektor rahbarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador tuman tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni tuman hokimi Sherzod Rajabov olib bordi.
Dastlab aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Shundan so‘ng yig‘ilishda topshiriqlar va berilgan ko‘rsatmalar ijrosi sohalar, yo‘nalishlar kesimida tahlil qilindi. Ijro intizomini o‘z holiga tashlab qo‘ygan mas’ullarga, xususan, tuman hokimining o‘rinbosarlari o‘z sohalari bo‘yicha hujjatlar bilan chuqurroq ishlashi, aholidan kelib tushgan murojaatlarni tezda o‘rganib ijobiy hal etishlari yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2025