Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlarda tanlab olingan mahallalarda «Obod xonadon – obod ko‘cha –obod mahalla» mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi “Bog‘iston” mahallasida ham ishchi guruh tomonidan xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlarini samarali amalga oshirishda mas’ullar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini bajarib kelishmoqda. Mazkur ishlar tuman hokimi Sh.Rajabov tomanida kunlik muhokama etilib, mas’ullar va ishchi guruh a’zolariga ertangi vazifalar belgilab berilmoqda.

Mazkur mahallada yo‘lsozlik  ishlari ham qizg‘in davom ettirilmoqda. Bunda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi muhim omil bo‘layotir. Bugun Surxondaryo viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.To‘laev “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘lsozlik ishlari bilan tanishib, hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси