Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
Yoshlar bizning kelajagimiz

Yoshlar bizning kelajagimiz

 

Mamlakatimizda ta’lim sohasida tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or ta’lim texnologiyalarga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ishlarni ko‘rib, sezib turibmiz.

Tumanimizda ham tuman hokimi tomonidan ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Tumandagi 23-sonli  umumta’lim maktabiga tuman hokimi Sherzod Rajabov tashrif buyurib ushbu maktabda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va o‘quvchining darslarga kelib ketishlari va ularning qiziqishlari bilan tanishdi.

Shu bilan birgalikda ertamiz egalari  bo‘lgan yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 


Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси