Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
MUROJAATNOMASI

Assalomu-alaykum qadrli oila va xotin-qizlar bo‘limi tizimi mas’ullari, hurmatli jamoatchilik tuzilmalari a’zolari, aziz tumanimiz ahli, muhtarama opa-singillarimiz!

         Yaxshi xabardorsiz, Davlatimiz Rahbari tomonidan oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik tamoyillarini qaror toptirish, ona va bola sog‘ligini saqlash, ayollarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli, dunyoga ko‘rsatsak arziydigan islohotlar yo‘naltirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida nutq so‘zladi.

Kun tartibidan yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq, ilk bor quyi palatada Bosh vazir lavozimiga nomzod va Hukumatning kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan harakatlar dasturini ko‘rib chiqish masalalari o‘rin olgan.

So‘zining avvalida davlatimiz rahbari mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan strategik va joriy vazifalarni amalga oshirishda barcha bo‘g‘indagi ijro organlari, avvalo, Hukumat va uning rahbari zimmasidagi mas’uliyat hozirgi murakkab zamonda har qachongidan ham ortib borayotganini ta’kidladi.

Bugun mutlaqo yangi vakolat va vazifalarga ega bo‘lgan Hukumat shakllanayotgani qayd etildi.

Buni Konstitutsiya darajasida birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, investitsiya, ekologiya kabi muhim yo‘nalishlarda Vazirlar Mahkamasining majburiyatlari belgilab qo‘yilgani ham tasdiqlaydi.

Xalqimiz bugun ana shunday hal qiluvchi masalalar bo‘yicha yangi Hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda.

Kambag‘allik darajasi so‘nggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushdi. Bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda.

Prezidentimiz ijtimoiy sohada muhim o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi.

O‘tgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bog‘cha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha ta’limda – 74 foizdan, oliy ta’limda esa – 39 foizdan oshdi.

Ijtimoiy xizmatlar tizimida ham katta islohotlar bo‘lmoqda. Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Kelgusi 5 yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunday demografik o‘sish, albatta, katta imkoniyat, lekin, shu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, o‘tkir vazifalarni qo‘yishi ham shubhasiz.

Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi muhim sohalarda xalqimizning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgani ta’kidlandi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yillar uchun katta marralar belgilab olingan.

Yangi Hukumat, barcha rahbarlar birgalikda qattiq ishlab, islohotlar shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizdagi o‘zgarishlarni jadal davom ettirsa, 2030 yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirildi.  

Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Bu yil Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tumanlarida amalga oshirilgan ishlarning ijobiy natijalari asosida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” kompleks dasturi qabul qilingan edi.

2025 yilda 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi.

Shu maqsadda kambag‘al oilalar bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT bo‘yicha bepul bilim olishi uchun 500 milliard so‘m ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli og‘ir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga jami 46,5 trillion so‘m mablag‘ sarflanadi.

Hukumat 2030 yilgacha ishsizlikni xalqaro e’tirof etilgan daraja – 5-6 foizdan oshirmaslik bo‘yicha dolzarb vazifalarni ham samarali hal etishi lozimligi ta’kidlandi.

Prezident ta’kidlaganidek, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardir.

Eng avvalo, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 78 yoshga yetkazish uchun birlamchi tibbiy xizmatlarning aholi uchun qulayligi va sifatini oshirish zarur. 

Xususan, 2025 yilda birlamchi bo‘g‘inda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash ko‘rsatkichini 85 foizga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.

Hukumat mahallalardagi 18 mingta tibbiyot brigadalarini o‘qitish, 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi. Shu bilan birga tug‘ruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi va aholiga “kafolatlangan paket” asosida tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi kelgusi uch yilda barcha shahar, tuman va qishloqlar qamrab olinishi zarurligi qayd etildi.

Kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun budjetdan 4 trillion so‘m ajratiladi.

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit

“Bugun faqat mana shunday ilg‘or yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yo‘lida birlashgan xalqqa ega bo‘lgan davlatgina o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashga erisha oladi.

Bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – ma’naviyatdir. Ma’naviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”,  - dedi davlatimiz rahbari.

Joriy 2024-yilda ushbu yo‘nalishlarda bizning Qiziriq tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmonining 4-ilovasi bilan mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faollarining vazifalari etib quyidagilar belgilab berildi.

Jumladan:

1.”Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2.Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.

3.Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish.

4.Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zo‘rovonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda ishtirok etish vazifalari belgilab berildi.

Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 11 oy davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

 

Oilaviy ajrim va nizoli oilalar bilan ishlash masalasi:

 

Qiziriq tumanida 2024 yilning 11 oyi davomida 94 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich  2023 yilning shu davrida 96 tani tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning xisobot davriga nisbatan (-2) ga kamaygan.

Ajrimi eng ko‘p qayd etilgan Buyuk kelajak mfyda 6 ta, Takiya mfyda 6 ta, Zarbdor mfyda 6 ta,  Yangikent mfyda 6 taga ko‘paygan

94 tadan  3 tasi boshqa tuman bo‘lib, Qumqo‘rg‘on tumanidan 2 ta, Jarqo‘rg‘on tumanidan 1 ta, 10-20-30 yil oldin ajrashib ketgan katta yoshlilar ajrimi 11 tani tashkil etib, tumanda oilaviy ajrimlarning oshib ketish ko‘rsatichgichiga salbiy ta’sir qilgan,  oilaviy kelishmovchilik  38 ta, uchinchi shaxs aralashuvi 5 ta, yaqin qarindoshchilik farzandlari nogiron tug‘ilgani 4 ta, farzandsizlik 42  ta, Xiyonat  5 ta, Ichkibozlik  1  tani tashkil etgan.

2024 yilning 11 oyi davomida tumanimizda 33 ta yosh oilalar va 30 yoshdan yuqorilar 61 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan.

Oilalarni yarashtirish bo‘yicha 2024-yil 11 oyda jami oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardan 88 nafari yarashtirilgan.

18 nafari Fuqarolik sudi xatiga asosan 4 nafari FXDYo bo‘limi xatiga asosan

66 nafari oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan yarashtirilgan.

Ayollar jinoyatchiligi bo‘yicha:

 

2024 yil 11 oy davomida xotin-qizlar tomonidan tuman bo‘yicha jami 10 ta jinoyat qayd etilgan,  o‘tgan yil 2023 yil 11 oyida jami 5 ta xotin-qizlar jinoyatchiligi sodir bo‘lgan, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  5 taga  oshgan.

Jumladan:

“Yangi turmush” MFYda 1 ta, “Rabotak” MFYda 3 ta,  “Shodlik” MFYda 2 ta,  “Oqjar” MFYda 1 ta,  “Buyuk kelajak” MFYda 1 ta, Istiqlol mfyda 2 taga qayd etilgan

Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 16-avgust kuni berilgan topshirig‘iga asosan Qiziriq tumanida jinoyat sodir etishga moyil 30 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollarga sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatning oldini olish maqsadida  tumanda jinoyatga moyilligi bo‘lgan ayollar 55  nafar bo‘lib, ularni muammolarini o‘rganish bo‘yicha 24 nafar mas’ul biriktirib chiqildi.

Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchiliklarning oldini olish bo‘yicha xotin-qizlarga biriktirilgan mas’ullardan 22 nafari ularning yashash xonadoniga borib o‘rgangan va muammolarini aniqlab, muammosini bartaraf etishda ko‘maklashgan.

 

Probatsiya ro‘yxatida turgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha

 

         Tumanda 8 nafar xotin-qizlar probatsiya ro‘yxatida turgan bo‘lib, jumladan: Probatsiya ro‘yxatida turganlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Tumanda chet davlatlarga ketgan xotin-qizlar jami 427 nafarni tashkil etib, shundan 346 nafari qaytib kelgan. Shularning barchasi bilan individual suxbatlar olib borilib xorijda ishlash istagi bor xotin-qizlarga “Xavfsiz migratsiya” bo‘yicha tushunchalar berildi.

 

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni qisqartirish:

2023-yil 11 oyida 98 ta xotin-qizlarga himoya orderi berilgan, Joriy yil 11 oyida oyining o‘zida 149 nafar xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanib, ularga himoya orderi berilgan. O‘tgan yilga nisbatan 51 taga ko‘paygan..

Mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faollarining vazifaaridan yana bittasi etib, hotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zo‘rovonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda ishtirok etish vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, tumanda 9 oy davomida g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, alohida yig‘ma jild yuritilgan, ularning turmush tarzini, oilaviy sharoitini, qobiliyati va kasbiy layoqatini o‘rganish hamda yakka tartibdagi ijtimoiy profilaktik chora-tadbirlarni belgilash, g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli xotin-qizlarning salbiy odatlarga berilishining asl sabablarini aniqlash va g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorining salbiy
oqibatlarini tushuntirish; g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli xotin-qizlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish maqsadida ularga mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan kayvoni, otinoyi, shuningdek “Oqila ayollar” harakati a’zolari biriktirish orqali salbiy odatlarga berilishi omillarini bartaraf etishga
ko‘maklashildi, g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli xotin-qizlarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kompleks psixologik-tibbiy reabilitatsiya qilish choralari ko‘rildi.

 

Xotin-qizlar faollarining ish faoliyati samaradorligi: (KPI)

 

Tumandagi 31 ta mahallaga biriktirilgan, 19 ta mahalla xotin-qizlar ish faoliyatining samaradorligi 11 oylik yakuniga ko‘ra 6 ta yo‘nalish (ish rejaning bajarilishi (maks 10), bandligini ta’mainlash (maks 15), jinoyat darajasi (maks 10), ijtimoiy yordam(maks 15), oilaviy ajrim (maks 15), ijtimoiy proflaktika (maks 15), shaxsiy sifatlari (maks 20), bo‘yicha maksimal 100 ballik sestimada baholanib 15 nafar mahaala xotin-qizllar faollarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatgichi a’lo (90%) yuqori ball olgan.

Jumladan:

 

1.Qishloqozon mahalla xotin-qizlar faoli Z.Abduvalieva-100%

2.Yangiobod mahalla xotin-qizlar faoli D.Eshimova-100%

3.Yangi hayot mahalla xotin-qizlar faoli F.Yusupova-94,3%

  1. Takiya mahalla xotin-qizlar faoli Z.Pardaeva-93,8%

5.Zartepa mahalla xotin-qizlar faoli O.Jabborova-93,4%

6.Do‘stlik mahalla xotin-qizlar faoli S.Jabborova-93%

7.Istara mahalla xotin-qizlar faoli X.Jangirova-92,3%

8.Gulobod mahalla xotin-qizlar faoli G.Mengliqulova-91,3%

9.Qorasuv mahalla xotin-qizlar faoli A.Rajabova-91,3%

10.Yetimqum mahalla xotin-qizlar faoli S.Abduraemova-90,6%

 

Uy-joyga muhtoj xotin – qizlar bilan ishlash borasida:

 

2024 yil 11 oyi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni uy-joylar bilan ta’minlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida         2 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan Kunchiqish mfyda yashovchi yakka yolg‘iz ayol Asaeva Anor va Yakkaterak mahallasida yashovchi 3 nafar farzandning onasi yolg‘iz ayol Nazarova Anorxol hamda “Rabotak” mahallasida yashovchi uyi avariya holatiga kelib qolganligini inobatga olib Musurmonqulova Feruzalarga ijtimoiy uy-joydan bir xonali uy ajratib berildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-145-sonli qarori bilan berilgan topshiriqlar bo‘yicha tumanda 2024 yilda 5-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlardan 6 nafarining  Buyuk kelajak  MFYdan Ishanqulova Nazira, Yakkaterak MFYdan Eshmatova Matluba, Kunchiqish MFYdan Axmatova Muxayyo, Navruz MFYdan Normatova Saida, Yangiobod MFYdan Begmatova Zamira, Qorasuv MFYdan Yo‘ldoshova Sharofatlarning uy-joylari ta’mirlab berildi.

Jami 6 ta uy-joy ta’mirlandi har bir uy-joy ta’miri uchun 10 mln 200 ming so‘mdan Hammasi uchun 61 mln 200 ming so‘m pul mablag‘i “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan ajratildi. 

 

Xotin-qizlar faollari bo‘yicha

 

  1. «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida:

«Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan bo‘lib, 6 oy davomida tumandagi 31 ta mahallalarda, ta’lim muassasalarida hamda korxona tashkilotlarda “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish”, “Nikohning qonuniyligini ta’minlash, sha’riy nikohlarning oldini olish” va “Oila muqaddas” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.

2.Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.

Tumanimizda 5 nafar Xalq deputatlari viloyat Kengashi, 5 nafari Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 1 nafar tuman MMT tashkiloti raxbari, hamda 3 nafari mahalla fuqarolar yig‘ini raisi xotin-qizlar hisoblanadi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan hamkorlikda 15 nafar xotin-qizlarning zaxira kadrlari shakllantirildi. 2024 yilda Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega bo‘lgan 1 nafar nomzod saralanib, Davlat boshqaruv akademiyasida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi asosida o‘qitildi.

 

Ayollar bandligi masalasi:

 

Tumanimiz aholisining qariyb yarmi – 61 ming 219 nafardan ortig‘i yoki 49,37 foizi xotin-qizlardir. Ularning 42 ming nafari qishloqlarda istiqomat qiladi. Mehnatga layoqatli xotin-qizlar 16.8 ming nafarni tashkil etadi.

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish yuzasidan keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan;

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari buyicha respublika komissiyasining 2024 yil 8 apreldagi 10-sonli bayoniga asosan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qullab-quvvatlash buyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning aprel-may oylarida "xonadonbay" o‘rganish o‘tkazilib, ishsiz va daromad topishga qaratilgan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarning aniq manzilli ruyxati shakllantirildi hamda ushbu ma’lumotlar "Xotin-qizlar.uz" platformasiga kiritildi. Jumladan:

Tumanda joriy yilda bandligi ta’minlanadigan xotin-qizlar 3 ming 414 nafarni tashkil etadi barchasi to‘liq “XONADONBAY” platformasiga kiritildi. Shundan;

Doimiy ishga joylashtirish joylashtiriladigan xotin-qizlar 426 nafar, amalda 400 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan. Jumladan;

-Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalariga 35 nafar, amalda 29 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan

-Sog‘liqni saqlash muassasalariga 42 nafar amalda 34 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan

-Boshqa korxona va tashkilotlarga 349 nafar amalda 337 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan.

Xaq to‘lanadigan Jamoat ishlariga joylashtiriladigan xotin-qizlar 350 nafar, amalda 327 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan.

O‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlanadigan xotin-qizlar 1240 nafar, amalda 1055 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan. Jumladan;

Tomorqadan samarali foydalanish 330 nafar, amalda 234 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan,

-Subsidiya ajratish orqali 94 nafar, amalda 65 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan.

-Kasanachilik yo‘nalishida 3 nafar, amalda 1 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan,

-Tikish, bichish va kashtachilik yo‘nalishida 196 nafar, amalda 42 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan,

-Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 84 nafar, amalda 31 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan,

-Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidat 227 nafar, amalda 180 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan,

-Boshqa yo‘nalishlarda 222 nafar, amalda 196 nafar xotin-qizlar o‘zini o‘zi band qilgan,

Uzoq muddatga yer ajratib berish bilan bandligi ta’minlanadigan xotin-qizlar 270 nafar platformaga kiritilib, amalda 254 nafar xotin-qizlarga yer ajratilib berilgan.

Kasb-xunarga o‘qitiladiganlar 750 nafar, amalda 750 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan. Jumladan;

-tuman Kambag‘allikni kisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi karashli kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan 2024 yilning sentabr oyi xolatiga 750 nafar xotin-qizlar o‘qitilgan.

Tadbirkorlikka o‘qitiladiganlar 380 nafar, amalda 380 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan.

-Qiziriq kasb-hunarga o‘qitish markazida 2024 yil xolatiga 593 nafar xotin-qizlar o‘qitilgan.

Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan 2024 yilda xozirgi kungacha 543 nafar xotin-qizlar o‘qitilgan.

-Nodavlat ta’lim muassasalarida 2024 yilda 8 nafar xotin-qizlar o‘qitilgan.

Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan hamda tijorat banklaridan kredit olgan xotin-qizlar 589 nafarni tashkil etib. Jumladan;

Qiziriq tuman Xalq bankidan 57 nafar xotin-qizlar 655 mln 500 ming so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

Qiziriq tuman Mikrokredit bankidan 61 nafar xotin-qizlar 701 mln 500 ming so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

Xunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lganlar 34 nafarni tashkil etib uyushma tomonidan manzillli ishlar olib borilib ustozlarga biriktirilgan.

 

"Ayollar daftari" ijrosi:

 

Muxtaram Prezidentimiz yaratib bergan tizim, ya’ni “Ayollar daftari” orqali 3 ming 487 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar daftarning 5-bosqichiga kiritilgan bo‘lib, xozirgi kungacha 6 ta toifa bo‘yicha 3 ming 486 nafari (100%)ga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan:

1-toifa - Ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman bo‘yicha reja 2 ming 457 nafar bo‘lib, 2 ming 457 nafarining banligi ta’minlash choralari ko‘rildi.

2-toifa - Tadbirkorlik istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha reja 126 nafar bo‘lib, amalda 125 nafariga imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashildi.

3-toifa – Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 328 nafar. Shundan, 328 nafariga 334 mln.560 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi.

4-toifa - Ijtimoiy yordamga muhtoj 1-2-guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 357 nafar. Shundan, 357 nafariga 279 mln. 140 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi.

5-toifa - Uy-joyga muxtoj ehtiyojmand xotin-qizlar tuman bo‘yicha reja 6 nafar bo‘lib. Shundan, ta’mirlash uchun 61 mln 200 ming so‘m “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan ajratildi.

6-toifa - Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand 215 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 146 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Hammasi bo‘lib 821 mln 200 ming so‘m pul mablag‘i “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan ajratildi.

Biroq, bu yutuqlarimiz – kamchiliklar va muammolarning ta’sirini yetarlicha kamaytira olmayapti. Hali ko‘p ishlar bajarilishi, natijasi xalqimizni rozi va xursand qilishi lozim!

         Oila va xotin-qizlar bo‘limi tizimdagi barcha mas’ullarga, xotin- qizlar faollari, ichki ishlar bo‘limi tizimidagi xotin qizlar masalalari bo‘yicha inspektor, 31 ta mahallalarimizdagi katta kuch bo‘lgan jamoatchilik tuzilmalari, turli komissiyalar a’zolari, jumladan “Oqila ayollar harakati” faollari va barcha-barchaga murojaat qilib, oila va xotin-qizlar yo‘nalishidagi muammolarni bartaraf etishga, yangi yutuqlarga erishish yo‘lida yanada jipslashishga, mas’uliyatni chuqur his qilishga chaqiradi!

 

Qadrli tizim mas’ullari!

 

         Bugun globalizatsiyaning sovuq ta’siri sabab atrofimizda tinchligimizga, qadriyatlarimizga tahdid solib turgan muammolar ko‘p, jumladan:

Oilaviy ajrimlar qayd etilayotgani, ajrim hollarida asosan ayollar va bolalar jabr ko‘rayotgani;.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlarimiz, yosh kelinchaklarimiz mas’ul tashkilotlarga emas, ijtimoiy tarmoqlarga ko‘proq suyanayotgani;

Erta turmush, erta tug‘ruq, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh kabi illatlarni oldini olish ishlari lozim darajada olib borilmayotgani;

Ishsizlik, daromad kamligi sabab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarga ketishi, ya’ni migratsiya oqibatida oila birdamligiga putur yetayotgani;

31 ta “Mahalla “yettiligi” ba’zi hollarda aholi muammolarini o‘zaro jipslikda hal etishga erisha olmayotgani sabab, aholi murojaatlarining ortib borayotgani kabi holatlar afsuski, bor gap!

Shu boisdan Bosh vazir o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova tizim mas’ullari oldiga “Kelayotgan 2025 yilda biz qanday harakat qilsak, natijalarimiz samarali, yuqoridagi kabi muammolarimiz kamroq bo‘ladi?” degan haqli savolni qo‘ydilar.

Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni daromad topishga o‘rgatish va tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha 2025-yilda mahallalar va tuman dasturlarini shakllantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamovaning 2024-yil 13-noyabrdagi 47-sonli majlis bayonida berilgan topshiriqlarga asosan tumanda ishchi guruxi tuzilib, Shtab tashkil etildi.

31 ta MFYda xotin-qizlari faollari tomonidan xatlov ishlari olib borildi. Bandlik so‘rovnoomasi asosida 991 nafar ishsiz ayollar, tadbirkorlik so‘rovnomasi asosida 162 nafar tadbirkor xotin-qizlar “Xotin-qizlar bandligi ta’minlash” platformasiga kiritilib va bu bo‘yicha xar bir mahallaning drayveridan kelib chiqib 2025-yilga mo‘ljallangan mahalla va tuman dasturi hamda yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.

 

Men oila va xotin-qizlar bo‘limining Qiziriq tumani yetakchisi sifatida barcha mas’ullarimizni, yordamchi jamoatchilik kuchlarimizni, shuningdek, aziz xalqimizni, ayollarimizni yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil etib, istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga chaqiraman!

Biz jipslashib, birlashib shunday hamkorlik o‘rnataylikki, birorta ayol e’tiborsiz qolmasin! Biror bir ayol tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr chekmasin! Qizlarimiz, ayollarimiz zulmga ko‘nmaslikka, jamiyatga, mas’ul tashkilotlarga suyanishga o‘rgansinlar!

Har bir fuqaromiz, ayniqsa ayollarimiz muammolarini “mahalla yettiligi” yechib berishiga ishona olsinlar!

Shunday fidoyilik bilan ish yuritaylikki, muhtaram Prezidentimizning insonni, oilani asrash borasidagi islohotlari ro‘yobga chiqsin! Ya’ni, ajrim yoqasiga kelib qolib, atrofdan najot kutayotgan oilalar, bir-biridan yuz o‘girayotgan yaqinlar o‘rtasidagi uzilay deb turgan rishtalar qayta bog‘lansin!

Bizning faoliyatimiz oilaviy ajrimlardan jabr chekayotgan farzandlarimizning jajji yurakchalariga malham bo‘lsin! Ota yo onasini tanlolmay sud zallarida biz kattalardan najot kutib turgan farzandlarimiz taqdiriga tamg‘a bosmaslikka, yurtimizda sog‘lom, ibratli, ziyoli oilalar ko‘payishiga hissa bo‘lib qo‘shilsin!

Davlatimiz Rahbari aytganlaridek, o‘g‘il-qizlarimizni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimizga aylansin!

Biz ma’naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usullarda, avvalo oiladan, mahalladan boshlaylik va bu yo‘lda “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” degan g‘oya yo‘lchi yulduzimiz bo‘lsin!

Bizning xonadonlarga kirib borishimiz, o‘z vazifamizni sitqidildan bajarishimiz natijasida aziz opa-singillarimiz, oilada farzand tarbiyasida yetakchi bo‘lib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, farzand va nabiralarimizning o‘qishi, davomati masalasi, axloq-odobi bilan qiziqsinlar!

Bizning targ‘ibot ishlarimiz natijasida muhtarama opa-singillarimiz, duogo‘y onaxonlarimiz o‘zlarining mas’uliyati – aynan tarbiya masalasida yaqqol namoyon bo‘lishini anglab yetsinlar!

Hurmatli hamkasblar, Qadrli yurtdoshlar!

Oila va xotin-qizlar bo‘limi tizimi, xususan Qiziriq tumanining bugungi hisobot yig‘ilishida barchangizni kelayotgan 2025 yilda:

Davlat rahbarining 2024 yil noyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislarida so‘zlagan nutqlaridagi g‘oyalarni hayotga tadbiq etishga;

2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlarni aniq va real belgilab, barcha vazifalarni og‘ishmasdan fidoyilik bilan ado etishga;

Oila va xotin-qizlar bo‘limining yaqin hamkorlariga, targ‘ibotchilariga, yordamchilariga aylanib, ulkan natijalarga erishishga chorlab qolaman!

Tizim va uning hamkorlari, yordamchi kuchlari nomidan ishontirib aytamanki, 2025 yilda Qiziriq tumanidagi har bir ayol baxtu saodati, har bir oila farovonligi, farzandlarimiz ta’limi uchun kurashamiz!

Oila va ayol-qizlarimizning turmush tarzini yaxshilash, oilasi bag‘rida huzur-halovatli yashashi uchun yo‘naltirilgan har bir islohotni, topshiriqni sitqidildan sifatli bajaramiz!

Barchani ezgu maqsad yo‘lida yanada yaqinroq birlashishga, xalqimiz farovonligi yo‘lida jipslashishga, fidoyi bo‘lishga chorlayman!

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

 

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси