Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Rasmiy munosabat:
E‘lonlar / 2024-12-18

Rasmiy munosabat:

 

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Qiziriq tumanining “Zarbdor” MFY mahallasidan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ushbu mahallada yashovchi Nilufar  Eshimova yolg‘iz ona bo‘lgani sabab 2020 yil hokimiyat tomonidan berilayotgan yerlardan ikki ukasi nomiga olgani, biroq yer foydalanishga yaroqsizligi tasvirlangan murojaat e’lon qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

 

Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro Nilufar  Eshimovaning murojaati o‘rganilganda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, tuman hokimligi va boshqa mutasaddilar tomonidan  “Zarbdor” mahallasi hududida aholiga tadbirkorlik qilishi uchun tijorat banklaridan imtiyozli shartlar asosida kreditlar ajratilganligi aniqlandi.

Ushbu murojaatda keltirilgan masalalar yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. N.Eshimova murojaatida keltirilgan masalalarini qisqa fursatlarda hal qilib berish choralari ko‘riladi.

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси