Qiziriq tumani hokimligi axborot xizmati
TADBIRKORLAR FAOLIYaTI MUTAXASSISLAR NIGOHIDA

TADBIRKORLAR FAOLIYaTI MUTAXASSISLAR NIGOHIDA

Bugun Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Surxondaryo viloyatiga Respublikadan biriktirilgan vakil B.G‘afurov, X.Do‘sanov Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jo‘raev Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qiziriq tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Abbosov hamda tumandagi mas’ullar Qiziriq tumanidagi hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab tumanning “Tinchlik” mahallasida fuqarolarga yangi qurib berilgan issixonalar ko‘zdan kechirildi. Yutuqlar e’tirof etildi, muammo va kamchiliklar o‘rganilib, yechim izlandi. Shuningdek, mahallaning chekka hududida bo‘sh turgan yerdan unumli foydalanib, issiqxona qurib, mo‘maygina daromad olayotgan fuqaroning faoliyati bilan ham tanishildi. Tez fursatda issiqxonadan mo‘maygina daromad olayotgan oilalarning ko‘zidagi quvonchni ko‘rib tilidagi shukronalikni eshitib dilingiz yayraydi. Navbatdagi manzil tumanning “Navro‘z” mahallasi bo‘ldi. Bu yerdagi xonadonlarda issiqxona bilan birgalikda parrandachilik ham anchayin rivojlangan bo‘lib, deyarli har bir xonadonda parrandalar mavjud. Parrandalari sonini 2500tagacha yetkazgan xonadon egalari esa faoliyatlari ortidan yaxshigina daromad olib kelishmoqda. 

So‘ng “Zartepa” mahallasida baliqchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh tadbirkor Xushboqov Ulug‘bekning faoliyati bilan ham tanishildi. Ulug‘bek 10 gektar maydonda tashkil etgan ko‘lida 4 xil baliq turlarini parvarishlamoqda. Ulug‘bek baliq mahsulotlarini chet ellarga eksport qilib mo‘may daromad olmoqda.

Ushbu amaliy ishlar bilan yaqindan tanishishar ekan, mas’ullar hududlarning imkoniyatidan kelib chiqib tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berib o‘tishdi.

 

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси