“Ташаббусли бюджет” ижроси назоратда
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 13 апрелдаги “Бюджет жараёнида фуқароларнинг фаол иштирокини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-5072-сон қарори ҳамда соҳага доир бошқа қонун ҳужжатлари юзасидан “Очиқ бюджет” ахборот портали орқали фуқаролар томонидан билдирилган таклифлар асосида 2022 йил апрель ойида Сурхондарё вилояти Ҳалқ депутатлари Қизириқ туман Кенгашининг 2022 йил 9 апрель кунидаги VI-48-63-113/22-сонли қарори билан 7 та лойиҳа ғолиб деб топилди.
2023- yilda yurtimizda Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, 2-3 yilga yaqin vaqt davom etadi.
Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
2023- yilda yurtimizda Aholini ro‘yxatga olish: uning mohiyati nimada.
Tasavvur qiling, qo‘lingizda O‘zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi ma’lumotlarni aytish mumkin. Masalan, Surxandaryoda qancha aholi yashaydi, Surxandaryoda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda nechta ta’lim muassasasi bor, Surxandaryoda aholi zichligi qanday va shunga o‘xshash boshqa muhim ma’lumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy ko‘rsatkichlar bilan bugungi jadal rivojlanish va islohotlar davrida uzoqni ko‘zlab nimanidir reja qilish qiyin, albatta.
Aksincha, qo‘limizda har bir hududga doir aniq faktlar bo‘lsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta bo‘ladi. Aynan shuning uchun bizga butun respublikani qamrab oladigan ishonchli ma’lumotlar kerak va ular tadrijiy ravishda yangilanib borilishi shart. Bunday aniq va yaxlit ma’lumotlar esa aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. Shunga qarab o‘tmish va bugun haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni farazlash mumkin. Shuningdek, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, oilaviy holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumot olishning yagona manbai hamdir.
202023- йилда юртимизда Аҳолини рўйхатга олиш қайси манбалар ҳисобидан молиялаштирилади.
Чет эл давлатлари тажрибасидан маълумки, аҳолини рўйхатга олишни ўтказиш кўп меҳнат ва маблағ талаб этади. Бунинг учун тадбирни молиялаштириш манбаларини аниқлаштириб олиш ҳам муҳим масалалардан бири ҳисобланади.
© Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати веб-сайтлари 2024