Қизириқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Эълонлар
Эълонлар
Эълонлар / 2022-02-02

ТАДБИРКОРЛАР ВА ИШБИЛАРМОНЛАР ДИҚҚАТИГА!

Жорий йилнинг 4 февраль куни соат 09:00 да Қизириқ тумани ҳокими Рустам Пардаев билан тадбиркорлар учрашуви бўлиб ўтади.
Ушбу учрашувга тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланаётган тадбиркор ва ишбилармон ҳамда ўз тадбиркорлигини бошламоқчи бўлган фуқароларимизни таклиф этамиз.
Манзил: Қизириқ туман ҳокимлиги.


Элонлар
Эълонлар / 2021-12-01

Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish
har o‘n yilda o‘tkaziladi

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston RespublikasiningQonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.

103048
0

Элонлар
Эълонлар / 2021-10-14

Aholini ro‘yxatga olish kelajak sari
yangi qadam

Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarhar qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning demografik ko‘rsatkichlar bilan mutanosib ravishda o‘sib borishini ta’minlash uchun har o‘n yilda kamida bir marotaba aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan so‘ng keng ko‘lamda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023 yilda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish  mamlakat hududida millati, elatidan qat’iy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo‘lib, uning o‘tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qat’i nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni (2021 yil 1 yanvar holatiga respublika aholisi 34 558,9 ming kishi tashkil etgan), fuqaroligi, nikoh holati ya’ni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning ta’lim darajasi (o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni,uy xo‘jalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bugungi kunda yetarlicha mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi.

Nega 10 yilda bir marta?

Dunyo bo‘ylab ming yillar davomida o‘tkazib kelinayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor eramizdan avvalgi 3800 yillarda  bobilliklar tomonidan o‘tkazilganiga tarixiy ishoralar bor. Har 6 yoki 7 yilda o‘tkazilgan bunday tadbirlarda aholi va chorva soni, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori hisobga olingani haqida tarixiy manbalarda ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya, Vavilon, Gresiyava Yunoniston davlatlarida esaaholini ro‘yxatga olish tadbirlari soliq to‘lovchilar va harbiy xizmatga yaroqli aholi sonini bilish maqsadida o‘tkazilgan.Shuningdek, shaharlardagi yerlar va xo‘jaliklar, hunarmandchilik va savdo-sotiq hamda ular bilan birga aholini statistik hisobga olishning turli shakllari mavjud bo‘lgan.

         Aholini muntazam ro‘yxatga olish tarixi 1790 yilga borib taqaladi. O‘shanda AQShda, 1801 yilda esa bir vaqtning o‘zida Angliya, Shotlandiya, Fransiya, Daniya va Norvegiyada shunday tadbirlar o‘tkazilgan.Biroq ular hali mukammal bo‘lmagani holda, uzoq vaqt davomida aniq bir vaqtga bog‘liq bo‘lmagan, belgilangan qoidalarga amal qilinmagan tarzda olib borilgan.

1846 yilda yirik statistik olim Adolf Ketl (1796-1874) boshchiligida Belgiyada o‘tkazilgan ro‘yxatga olish  birinchi chinakam ilmiy ro‘yxatga olish deya e’tirof etiladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, ro‘yxatga olish muddati bir kunlik bo‘lib, haqiqatda mavjud aholi hisobga olingan. Mazkur ro‘yxatga olish tajribasidan keyinchalik, Yevropaning ko‘plab davlatlari foydalangan.1870-1879 yillarda dunyo bo‘yicha atigi 48 ta davlatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilgan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib, deyarli barcha davlatlar o‘z aholisini ro‘yxatga olishga kirishdi.

Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba o‘z aholisini ro‘yxatga olishga da’vat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Xo‘sh, nega aynan 10 yilda bir marta? Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, 10 yil ichida jamiyatda salmoqli o‘zgarishlar ro‘y beradi.Avvalgi ro‘yxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, so‘rovnomalar mazmuniga tuzatishlar, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash usullariga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.

2015 yilda BMTning “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyusiyasi qabul qilinib, 2020 yil raundiga start berilgan edi. Bu raund 2015 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston ham o‘z aholisini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni rejalashtirgan davlatlar qatoridan joy oldi va dunyo xalqlari bo‘yicha 228 chi bo‘lib BMT tomonidan ro‘yxatga olindi. Biroq koronavirus pandemiyasining dunyo bo‘ylab keng tarqalishi ko‘plab holatlar singari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Aksariyat mamlakatlarda bu tadbirlarning muddati o‘zgartirildi.

Yurtimizda ham 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023 yilning 1-25 noyabr kunlariga ko‘chirildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mustahkamlandi. Shuningdek, mazkur qaror bilan 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilandi.

Fuqarolarda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga
ta’sir etish imkoniyati vujudga keladi

Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi.Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’limga qabul qilinadigan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirish uchun zarur.

Mamlakatimizda sinov tariqasida joriy yildan boshlangan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2023 yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi hisoblanadi.Mazkur amaliyot uslubiy, texnik va tashkiliy masalalarni qayta ko‘rib chiqish imkonini bergani bois, unda qancha ko‘p respondentlar (aholi) qatnashsa, shuncha ko‘p kamchiliklarni aniqlash va tuzatishga sharoit tug‘iladi va respublika darajasida bo‘ladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirining sifatli va samarali o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Mazkur ishlarni sifatli tashkil etish maqsadida joylarda maxsus guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, jarayonlar aniq va tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Ro‘yxatga oluvchilar ishini muvofiqlashtirish uchun har bir instruktorlik uchastkasida 1 nafar instruktor va 1 nafar statsionar ro‘yxatga oluvchi faoliyat yuritadi. Ularning ishini ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari nazorat qiladi.

Yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlarinstruktorlik uchastkasida faoliyat yurituvchi statsionar ro‘yxatga oluvchi xodimlarga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tishlarimumkin bo‘ladi.Tuman va shahar miqyosida aholini ro‘yxatga olish ishlarini nazorat qilish uchun hududlarda aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari tashkil etiladi. Jarayon yakuniga yetkazilgandan so‘ng hududiy statistika boshqarmalari qoshida Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish markazlari tashkil etiladi.

Ushbu tadbirlarning ahamiyatli jihati shundaki, ular orqali nafaqat o‘zimiz, balki kelajak avlod uchun muhim ma’lumotlarni to‘plashga erishamiz. Aholini ro‘yxatga olish natijalari mamlakatimizning keyingi demografik va ijtimoiy siyosatini beligilash bilan birga, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari hamda dasturlarini tuzishda keng qo‘llaniladi.Keyingi o‘n yillikka mo‘ljallangan oilalarni qo‘llab-qo‘vvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirish, shifoxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar va uy-joy qurilishini rejalashtirishda foydalaniladi.

Ro‘yxatga olish natijasida shakllantiriladigan mamlakatdagi ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlar xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishga yo‘l ochadi. Biznes vakillari ro‘yxatga olish ma’lumotlari orqali mehnat hamda iste’mol bozorining holatini baholash, talab va takliflar ehtiyojini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.Bir so‘z bilan aytganda, aholi to‘g‘risida to‘planadigan ma’lumotlar barcha sohalarni rivojlantirib, mamlakatni yanada taraqqiy ettirishga, jahon maydonida Yangi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini aks ettiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Барчаси: 59 та
Рўйхатдан ўтиш
2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси